Litsenziya qachon bekor qilinishi mumkin?
"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq, litsenziya talablari bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda litsenziyani bekor qilish choralari ko‘riladi.
Litsenziyani bekor qilish asoslari
Agar qoidabuzarlik quyidagi holatlarga olib kelsa, vakolatli organ litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
- Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetganda;
- Jamoat xavfsizligiga, atrof-muhitga, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon yetkazilganda;
- Tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinganda.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, talabalar uchun dolzarb yangiliklar bilan tanishib chiqishni unutmang.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.