Afg'oniston Oliy ta'lim vazirligi 7 ta xususiy universitet faoliyatini bir yilga to'xtatdi, yana ikkitasining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda Tolibon boshqaruvidagi Afg'oniston Oliy ta'lim vazirligiga tayanib Ariana News xabar berdi.
Tegishli qaror bahorgi semestrda oliygohlarda o'tkazilgan tekshiruv va baholash natijalariga ko'ra qabul qilingan. Universitetlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir necha bor ogohlantirish hamda tavsiyalar berilgan.
Qanday qoidabuzarliklar aniqlangan?
Reklama
Ogohlantirishlarga qaramay, to'qqizta xususiy universitetda jiddiy qoidabuzarliklar kuzatilgan. Xususan, oliygohlarda tegishli akademik va ma'muriy rahbariyat mavjud bo'lmagan.
Shuningdek, hujjatlarda darslarga qatnashayotgani va jadvalga kiritilgani ko'rsatilgan bo'lsa-da, amalda darslarda umuman qatnashmagan "soxta talabalar" borligi aniqlangan. Litsenziyasi bekor qilingan ikki universitet aynan davomatni soxtalashtirgani ma'lum qilindi — bu oliygohlarda semestr davomida darslarga umuman kelmagan ayrim talabalar darsda bo'lgan deb qayd etilgan.
Avvalroq Afg'onistondagi oliy ta'lim holati haqida yozgan edik. InfoEdu.uz jahon ta'limidagi o'zgarishlarni yoritishda davom etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.