Talabalar davomatini nazorat qiluvchi tizim barcha OTMlarga joriy etiladi

Talabalar shaharchasidagi yaxlit boshqaruv tizimi mamlakatning barcha oliy ta’lim muassasalariga yoyiladi. Direksiya tuziladi va muddatlar belgilandi.

Talabalar davomatini nazorat qiluvchi tizim barcha OTMlarga joriy etiladi

Talabalar shaharchasida joriy etilgan yaxlit boshqaruv va nazorat tizimi mamlakatdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga yoyiladi. Bu vazifa Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni o'tkazilgan videoselektorda belgilandi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Alohida direksiya tuziladi

Reklama

Olmazor tumanida bir vaqtning o'zida 75 ming nafar talaba tahsil oladi. Shu bois ularning o'qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi.

Tumandagi 7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va buk-kafelarni ko'paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.

“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida esa talabalarning ta'lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta'minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan alohida mas'ullar faoliyati tashkil etiladi.

Davomat va kirib-chiqish onlayn nazorati

Talabalar shaharchasida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi orqali oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani qayd etildi.

Tizimni joriy yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga joriy etish vazifasi qo'yildi.

Shaharchadagi raqamli tizimning tafsilotlari haqida Talabalar shaharchasidagi raqamli xavfsizlik tizimi haqidagi maqolamizda yozgan edik.

Joriy yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili mamlakatdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga joriy etish rejalashtirilgan.
Yashash sharoitini yaxshilash, hududni obod saqlash, yashil hududlar va buk-kafelarni ko'paytirish hamda madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi. Bandlik, ijtimoiy ta'minot va xotin-qizlar masalalari bo'yicha alohida mas'ullar ishlaydi.
U orqali oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda talabalar davomati onlayn rejimda kuzatiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar