Milliy sertifikat 2026 2-yarim yillik sanalari e’lon qilindi

Milliy sertifikat 2026 2-yarim yillik sanalari e’lon qilindi. Fanlar va chet tili imtihonlari bo’yicha ro’yxatdan o’tish, to’lov va imtihon sanalari batafsil jadvalda.

•Yangilandi: 27.08.2026•2 daqiqa mutolaa•132,515 marta ko'rildi
Milliy sertifikat 2026 2-yarim yillik sanalari e’lon qilindi

2026-yil 2-yarim yillik milliy sertifikat imtihonlari sanalari rasman e'lon qilindi. Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026-yil sentabr-dekabr oylarida o'tkaziladigan imtihonlar jadvalini taqdim etdi. Batafsil jadval, ro'yxatdan o'tish muddatlari va to'lov sanalari https://infoedu.uz/milliy-sertifikat-sanalari-2026 sahifasida jamlangan.

2026-yil 2-yarim yillik imtihonlari e'lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun milliy sertifikat imtihonlarining to'liq jadvali tasdiqlandi. Unda fanlar va chet tillari bo'yicha ro'yxatdan o'tish, to'lov va imtihon sanalari aniq ko'rsatilgan.

Fanlar bo'yicha imtihon sanalari

Milliy sertifikat imtihonlari sentabr-dekabr oylarida o'tkaziladi. Masalan, Biologiya, Kimyo, Matematika, Fizika fanlari uchun ro'yxatdan o'tish 21-avgustdan 4-sentabrgacha, to'lov 5-sentabrgacha, imtihon 26-29-sentabr kunlari belgilanган. Noyabr va dekabr oylarida ham har bir fan uchun alohida sаналар тасдиқланган. To'liq fanlar ro'yxati va sаналар batafsil jadvalda keltirilgan.

Chet tili bo'yicha milliy sertifikat sanalari

Chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil avgust-dekabr oylarida besh marta tashkil etiladi. Har bir oyda ro'yxatdan o'tish va to'lov muddatlari alohida belgilangan. Masalan, avgust sessiyasi uchun ro'yxatdan o'tish 4-12-avgust, to'lov 13-avgustgacha, imtihon 24-25-avgust kunlari o'tkaziladi. Barcha oylar va tillar kesimidagi to'liq jadval shu sahifada mavjud.

Ro'yxatdan o'tish va to'lov tartibi

Ro'yxatdan o'tish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi. Har bir hudud bo'yicha o'rinlar soni limit bilan cheklangan va ro'yxatdan o'tish belgilangan limit doirasida yopiladi. Grafikdagi sanalar davlat tadbirlari va talabgorlar soni o'zgarishi sababli o'zgartirilishi mumkin.

To'lov miqdori

  • 1-sentabrgacha — 556 200 so'm;
  • 1-sentabrdan — 594 000 so'm.

To'lov bir yarim bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi hisobida belgilanadi.

Batafsil ma'lumot, to'liq jadvallar va ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnoma https://infoedu.uz/milliy-sertifikat-sanalari-2026 sahifasida keltirilgan.

Ha, 2026-yil 2-yarim yillik milliy sertifikat imtihonlari sanalari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan rasman e'lon qilindi.
To'liq jadval, fanlar va chet tillari bo'yicha ro'yxatdan o'tish hamda imtihon sanalari https://infoedu.uz/milliy-sertifikat-sanalari-2026 sahifasida jamlangan.
Ro'yxatdan o'tish my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi. Har bir hudud uchun limit mavjud.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar