Test sinovlarining ilk kunida 7 nafar abituriyent chetlashtirildi

2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining birinchi kunida 62 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etdi. 7 nafar abituriyent qoidabuzarlik sabab chetlashtirildi.

Test sinovlarining ilk kunida 7 nafar abituriyent chetlashtirildi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni yakunlandi. 14-iyul kuni respublika bo‘ylab 62 ming nafardan ortiq abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotiga ko‘ra, test sinovlari davomida 7 nafar abituriyent belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli imtihondan chetlashtirilgan.

Qaysi holatlarda abituriyent testdan chetlashtiriladi?

Reklama

Amaldagi tartibga ko‘ra, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlansa, abituriyent test sinovidan chetlashtiriladi va uning natijalari bekor qilinadi:

  • test hududiga yoki binoga mobil telefon, mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, telekommunikatsiya qurilmalari, shpargalka va boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirish yoki ulardan foydalanish;
  • test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish yoki yordam berish;
  • test jarayonida boshqa abituriyentlar bilan gaplashish;
  • test materiallarini binodan olib chiqish yoki olib chiqishga urinish, ularni tarqatish yoki test kitobi varaqlarini yirtish;
  • test uchun ajratilgan vaqt tugagach, test materiallarini topshirishdan bosh tortish;
  • videokuzatuv orqali tartib-qoidalarga rioya qilinmagani aniqlanishi.

Abituriyentlarga muhim eslatma

Abituriyentlar test sinoviga ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha kelishi shart. Ushbu ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

Shuningdek, test o‘tkaziladigan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelish hamda o‘zi bilan pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasini olib kelishi talab etiladi.

InfoEdu.uz o‘rganishicha, hali ruxsatnomasini yuklab olmagan abituriyentlar uni @ruxsatnoma_uzbmb_bot Telegram boti orqali yuklab olishlari mumkin.

Test sinovlari qachongacha davom etadi?

2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 23-iyulga qadar davom etadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 14-iyul kuni o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ortiq abituriyent qatnashgan.
Test sinovlarining birinchi kunida 7 nafar abituriyent belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli imtihondan chetlashtirilgan.
Taqiqlangan vositalarni olib kirish yoki ulardan foydalanish, test materiallarini boshqalarga uzatish, suhbatlashish, test materiallarini olib chiqishga urinish yoki videokuzatuv orqali qoidabuzarlik aniqlanishi test natijalarining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar