Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan o'zgaradi. Prezidentning 2026-yil 10-sentabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni bilan bu yo'nalishlarga qabul talablari qat'iylashtirildi.
Farmonga ko'ra, 2027/2028-o'quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
O'tish bali ikki baravar oshadi
Reklama
Bu amaldagi minimal 56,7 ball o'rniga 113,4 ball talab qilinishini anglatadi. Ya'ni chegara qariyb ikki baravar ko'tariladi.
Yangi talab maqsadli qabul parametrlari doirasida ham amal qiladi. Chegaradan kam ball to'plaganlar bu yo'nalishlarda o'qishga kira olmaydi — ular hatto super-kontrakt asosida ham qabul qilinmaydi.
2026/2027-o'quv yilidagi qo'shimcha o'zgarishlar
Farmon tibbiyot va farmatsevtika sohasida bir necha tartibni ham o'zgartiradi:
- Bakalavriat, magistratura va rezidentura dasturlarida har bir o'quv modulining akademik ko'rsatkichlarini o'zlashtirish hamda davlat imtihonlarida minimal o'tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o'rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
- Qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari bo'yicha qo'shimcha ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
- Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari, ya'ni internaturaga qabul bekor qilinadi.
Tibbiy ta'limdagi yana bir kutilayotgan o'zgarish — Davolash ishi yo'nalishi o'rniga 6 yillik Umumiy tibbiyot dasturini joriy etish taklifi haqida avvalroq yozgan edik. Tibbiyot oliygohlariga Kvotalar endi hududlar ehtiyojiga qarab belgilanishi haqidagi xabar ham saytda e'lon qilingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring