Andijon chet tillari institutida super-kontrakt narxlari belgilandi

ADCHTI 2026/2027 super-kontrakt: kunduzgi 29,6–40,75 mln, kechki 43,1–47,2 mln so’m. 21 yo’nalish bo’yicha to’liq jadval va birinchi yil sharti.

Andijon chet tillari institutida super-kontrakt narxlari belgilandi

Andijon davlat chet tillari institutida 2026/2027-o'quv yili qabuli doirasida kirish imtihonlarida yetarli natija qayd etgan, biroq belgilangan o'tish baliga yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida talabalikka qabul qilinish imkoniyati mavjud.

Amaldagi tartibga muvofiq, kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam bo'lmagan natija qayd etgan hamda to'lov-kontrakt qabul chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Miqdorlar ta'lim yo'nalishi va shaklidan kelib chiqib bazaviy to'lov-kontraktning 4 yoki 5 baravari etib belgilangan.

Kunduzgi ta'limda super-kontrakt narxlari

Reklama

Kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 17 ta yo'nalish uchun narxlar (56,7 balldan yuqori ball to'plaganda tavsiya etiladigan summa):

T/rShifrTa'lim yo'nalishiBarobarSumma
160111800Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili537 000 000 so'm
260111800Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili429 600 000 so'm
360111800Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili429 600 000 so'm
460230100Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili540 750 000 so'm
560230100Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili432 600 000 so'm
660230100Filologiya va tillarni o'qitish: fransuz tili432 600 000 so'm
760230100Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili537 000 000 so'm
860230100Filologiya va tillarni o'qitish: turk tili540 750 000 so'm
960230100Filologiya va tillarni o'qitish: arab tili540 750 000 so'm
1060230100Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili540 750 000 so'm
1160230100Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili540 750 000 so'm
1260230100Filologiya va tillarni o'qitish: yapon tili540 750 000 so'm
1360230200Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili432 600 000 so'm
1460230200Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili432 600 000 so'm
1560230200Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili432 600 000 so'm
1660230800Kompyuter lingvistikasi432 600 000 so'm
1761010100Turizm va mehmondo'stlik432 600 000 so'm

Kechki ta'limda super-kontrakt narxlari

Kechki ta'lim shakli bo'yicha 4 ta yo'nalish uchun narxlar:

T/rShifrTa'lim yo'nalishiBarobarSumma
160111800Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili543 115 000 so'm
260230100Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili543 115 000 so'm
360230100Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili547 220 000 so'm
460230100Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili547 220 000 so'm

To'lov faqat birinchi o'quv yili uchun amal qiladi

Muhim jihat: tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdori faqat birinchi o'quv yili uchun amal qiladi. Bu talaba butun ta'lim davri davomida super-kontrakt miqdorida to'lov qiladi degani emas. Talaba fanlarni puxta o'zlashtirib, yuqori akademik natijalarga erishishi orqali keyingi o'quv yillarida davlat grantiga da'vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatma: to'lov-kontrakt narxi o'zgartirilsa, super-kontrakt summasi ham o'zgarishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun institut Qabul markaziga murojaat qilish mumkin.

Super-kontrakt uchun arizalar kontrakt.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Andijondagi boshqa oliygoh narxlari bilan ham tanishing — Andijon pedagogika institutida super-kontrakt narxlari haqidagi xabarda batafsil ko'rsatilgan. Biz oliygohlarning super-kontrakt yangiliklarini InfoEdu.uz da kuzatib, tahliliy yoritib boramiz.

Kunduzgi ta'limda 29 600 000 dan 40 750 000 so'mgacha, kechki ta'limda 43 115 000 dan 47 220 000 so'mgacha. Miqdor yo'nalish va 4 yoki 5 baravar koeffitsiyentga bog'liq.
56,7 balldan kam bo'lmagan va to'lov-kontrakt chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to'lov asosida qabul qilinishi mumkin.
Faqat birinchi o'quv yili uchun. Yuqori akademik natijalar bilan keyingi yillarda davlat grantiga da'vogarlik qilish mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar