Toshkent shahrida tashkil topgan Tashkent International University (TIU) Andijon viloyatida faoliyat ko'rsatish huquqini qo'lga kiritdi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 17-iyul kuni universitet litsenziyasiga Andijon shahridagi manzil rasman qo'shildi.
Yangi manzil Andijon shahri, Yangi Turmush MFY, Cho'lpon shoh ko'chasi, 3-uy manzilida joylashgan. Shu paytgacha universitet faqat Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi binosida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Endilikda Andijonlik abituriyentlar uchun ham TIU'da o'qish imkoniyati yaratildi.
Qaysi yo'nalishlar mavjud
Reklama
Universitet litsenziyasiga ko'ra jami 20 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi. Bular orasida eng dolzarb yo'nalishlar quyidagilar:
- Sun'iy intellekt — kunduzgi ta'lim
- Kiberxavfsizlik injiniringi — kunduzgi, sirtqi va masofaviy
- Dasturiy injiniring — kunduzgi va masofaviy
- Kompyuter injiniringi — kunduzgi, sirtqi va masofaviy
- Axborot tizimlari va texnologiyalari — kunduzgi va masofaviy
- Iqtisodiyot, Moliya, Bank ishi, Marketing — kunduzgi, sirtqi va masofaviy
- Yurisprudensiya, Psixologiya, Menejment — kunduzgi, sirtqi va masofaviy
- Filologiya va tillarni o'qitish, Xorijiy til va adabiyoti — kunduzgi
- Maktabgacha ta'lim, Boshlang'ich ta'lim — kunduzgi va masofaviy
Bundan tashqari magistratura bosqichi uchun Iqtisodiyot va Moliya yo'nalishlari ham mavjud. Ko'pchilik yo'nalishlar uchun masofaviy ta'lim shakli ham taqdim etilgani ishlaydigan abituriyentlar uchun qulaylik yaratadi.
TIU haqida qisqacha
Tashkent International University 2023-yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 900-son qarori asosida faoliyat yuritadi. Universitetning asosiy litsenziyasi 2023-yil 16-oktabrda berilgan va muddatsiz amal qiladi. Litsenziya raqami — №1716384.
Yangi litsenziya bilan Andijondagi xususiy oliygohlar soni yana bittaga oshdi. O'zbekistondagi boshqa xususiy oliygohlar ro'yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Ta'limga oid eng dolzarb yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.