my.gov.uz da ota-onalar farzand baholarini endi onlayn ko’ra oladi

Ota-onalar my.gov.uz orqali farzand baholari va maktab haqidagi ma’lumotlarni onlayn olishi mumkin. Kirish tartibi va imkoniyatlar — maqolada.

my.gov.uz da ota-onalar farzand baholarini endi onlayn ko’ra oladi

my.gov.uz portalida ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari va maktab haqidagi ma'lumotlarni onlayn olishi mumkin bo'ldi.

Farzand va maktab haqidagi ma'lumotlar

Reklama

Xizmat orqali quyidagi ma'lumotlarni ko'rish mumkin:

  • Har bir fan bo'yicha joriy baholar va o'rtacha ko'rsatkichlar;
  • Sinfga oid va umumiy baholar statistikasi;
  • Ta'lim muassasasining nomi va aniq manzili;
  • Maktabdagi o'quvchilar va faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar soni;
  • Maktabga oid boshqa muhim ma'lumotlar.

Bo'limga kirish tartibi

  • Portalga kirish;
  • Shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” bo'limiga o'tish;
  • Farzand haqidagi ma'lumotlar yon tomonidagi “Maktab ma'lumotlari” tugmasini tanlash.

Portalda farzandlarning maktabdagi davomati to'g'risida real vaqt rejimida ma'lumot berish ham tez orada ishga tushiriladi.

Maktabda davomat qayd etilishi haqida EMAKTAB platformasida davomat qayd etish tartibi haqidagi maqolamizda yozgan edik.

my.gov.uz portaliga kirib, shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” bo'limiga o'tish va farzand haqidagi ma'lumotlar yonidagi “Maktab ma'lumotlari” tugmasini tanlash kerak.
Har bir fan bo'yicha joriy baholar va o'rtacha ko'rsatkichlar, sinfga oid va umumiy baholar statistikasi, shuningdek maktab nomi, manzili, o'quvchilar va o'qituvchilar soni ko'rinadi.
Farzandlarning maktabdagi davomati to'g'risida real vaqt rejimida ma'lumot berish tez orada ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar