Tolibon nega qizlarning oliy ta’limini taqiqladi?

Afg‘onistonda oliy ta’lim vaziri qizlarning universitetlarda o‘qishi taqiqlanishining 4 ta asosiy sababini ma’lum qildi. Batafsil maqolada tanishing.

5
Tolibon nega qizlarning oliy ta’limini taqiqladi?

Afg‘onistonda qizlar uchun oliy ta’lim taqiqlandi

Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati ayollarning universitetlarda tahsil olishini taqiqlash qarorini izohladi. Oliy ta’lim vaziri Nada Muhammad Nadim ushbu cheklovga sabab bo‘lgan to‘rtta asosiy omilni sanab o‘tdi.

Taqiqning asosiy sabablari

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, universitetlarda quyidagi qoidabuzarliklar kuzatilgan:

  • Talaba qizlarning hijob qoidalariga rioya qilmasligi;
  • Viloyatlardan kelgan qizlarning mahramsiz (erkak hamrohligisiz) sayohat qilishi va yotoqxonalarda turishi;
  • Erkaklar va ayollarning birgalikda (aralash) o‘qitilishi;
  • Qizlarning “islom shariatiga zid” bo‘lgan ayrim fakultetlarda tahsil olishi.

Ushbu o‘zgarishlar barcha talaba qizlar uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Shuningdek, mamlakatdagi boshqa oliygohlar ham ushbu yangi tartibga bo‘ysunishga majbur qilingan.

Xalqaro hamjamiyat munosabati

2021-yil avgustida hokimiyatga kelgan “Tolibon” bosqichma-bosqich ayollar huquqlarini cheklab kelmoqda. AQSH, Qatar va BMT ushbu qarorni keskin qoralab, uni inson huquqlarining buzilishi deb atadi. Hozircha ushbu taqiq qancha muddat davom etishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar