Davlat oliy ta'lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o'rtasida “Eng innovatsion g’oya” respublika tanlovi o'tkaziladi. G'oliblarga 50 million so'mdan 500 million so'mgacha grant va moliyaviy mablag' ajratiladi. Tanlov tartibi Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan.
Tanlov har yili sentyabr-dekabr oylarida ikki bosqichda tashkil etiladi. Unda startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo'lgan innovatsion g'oyalar saralanadi va ularni amalga oshirish uchun grant mablag'lari beriladi.
Ishtirok shartlari va muddatlar
Reklama
Birinchi bosqich har bir davlat oliy ta'lim tashkilotining o'zida talabalar o'rtasida o'tkaziladi. Respublika bosqichini Innovatsion rivojlanish agentligi 10 ta yo'nalish bo'yicha tashkil etadi. Ishtirokchilar uchun asosiy talablar quyidagicha:
- Ta'lim tashkilotlari arizalar qabuli boshlanganini 10-sentabr kuni e'lon qiladi;
- Talabgorlar hujjatlarni 10-oktabrga qadar saralash komissiyasiga topshiradi;
- Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta innovatsion g'oya bilan qatnashadi;
- G'oyalar 100 ballik tizimda beshta mezon bo'yicha baholanadi.
G'oyalar baholash mezonlari
| Mezon | Ball |
|---|---|
| G'oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi | 20 ballgacha |
| G'oyaning dolzarbligi | 20 ballgacha |
| Mavjud analoglardan farqi | 20 ballgacha |
| Xarajatlar smetasining asoslanganligi | 20 ballgacha |
| G'oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar | 20 ballgacha |
G'oliblarga ajratiladigan mablag'
| Bosqich | 1-o'rin | 2-o'rin | 3-o'rin |
|---|---|---|---|
| Birinchi bosqich (oliy ta'lim tashkilotlari) | 50 mln so'm | 30 mln so'm | 20 mln so'm |
| Respublika bosqichi | 500 mln so'm | 300 mln so'm | 200 mln so'm |
Respublika bosqichida g'olib deb topilgan g'oyalar Agentlik, talabgor va ta'lim tashkiloti o'rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq moliyalashtiriladi. Oliygohlarda startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash tizimi kengayib borayotgani haqida alohida maqolada batafsil yozilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.