Toshkentdagi maktabda 3-sinf o’quvchisi metall buyum yutishga majbur qilingan

Toshkentning Yashnobod tumanidagi maktabda 3-sinf o’quvchisi bilan sodir bo’lgan holat yuzasidan boshqarma va Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o’quvchisi metall buyum yutishga majbur qilingan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 151-maktabda 3-sinf o'quvchisi yuqori sinf o'quvchilari tomonidan og'ziga solib yuborilgan noma'lum metall buyumni yutib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, voqea joriy yilning 2-sentabr kuni o'quvchi hojatxonaga chiqqan vaqtda sodir bo'lgan. 5-sentabrda bolaning sog'lig'i keskin yomonlashib, kuchli og'riqlar bilan shifoxonaga olib borilgan. Rentgen tekshiruvida uning ichki a'zolarida metall buyum borligi aniqlangan.

Shundan so'ng o'quvchi 3 soat davom etgan shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, jarrohlar ichakning shikastlangan qismini olib tashlashga majbur bo'lgan. Hozirda bolaga barcha tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Reklama

Rasmiy munosabat va tekshiruv

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabatida o'quvchiga barcha tibbiy yordamlar ko'rsatilgani va ahvoli qoniqarli ekani qayd etilgan. “Ayni vaqtda sodir bo’lgan voqea yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda va uning yakuni bo’yicha qo’shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani ham vaziyatni nazoratga olgan. Uning ma'lumotiga ko'ra, holat yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda, ombudsman kotibiyati xodimlari esa joyiga chiqqan holda vaziyatni o'rganmoqda. Ombudsman bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi va ta'lim muassasalarida bolalar xavfsizligi ta'minlanishi yuzasidan kuzatuvni davom ettiradi.

Ta'lim muassasalarida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha choralar avvalroq ham belgilangan: Vazirlar Mahkamasining qarori bilan maktablarda biometrik kirish tizimlari, videokuzatuv kameralari va “tashvish” tugmalari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda — bu haqda batafsil.

Ma'lum qilinishicha, voqea 2-sentabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 151-maktabda 3-sinf o'quvchisi hojatxonaga chiqqan vaqtda sodir bo'lgan.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabatiga ko'ra, o'quvchiga barcha tibbiy yordamlar ko'rsatilgan va uning ahvoli qoniqarli. Bolalar ombudsmani ham bolaga zarur tibbiy muolajalar ko'rsatilayotganini ma'lum qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Bolalar ombudsmani vaziyatni nazoratga olgan, uning kotibiyati xodimlari joyiga chiqqan holda o'rganmoqda va natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar