“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellyatsiya berishi mumkin. Arizalar 19-avgustga qadar, shu kuni ham qabul qilinadi.
Apellyatsiya qanday topshiriladi?
Apellyatsiya arizasini ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kirgan holda, maktablar kesimida yuborish mumkin. Natijalardan norozi bo‘lgan o‘quvchilar apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Reklama
Arizalar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar iyul-avgust oylarida ikki bosqichda — test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan, yakuniy natijalar 15-avgust kuni e’lon qilingan edi. Avvalroq Jasorat maktablari imtihon natijalari e’lon qilingani haqida yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.