Toshkentda yo'l-patrul xizmati inspektorining vafoti bilan bog'liq jinoyat ishi bo'yicha Jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tuman sudi hukm chiqardi. Xususiy maktabning 10-sinf o'quvchisiga 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bu haqda Toshkent shahar sudlari rasmiy axborot tarqatdi.
Voqea tafsilotlari
Reklama
2026-yil 25-fevral kuni xususiy maktabning 10-sinf o'quvchisi tanishining opasiga tegishli “BMW” avtomashinasi avtomoykada qoldirilganini bilib, kaliti bilan mashinani olib qochgan. Mashinani boshqargan voyaga yetmagan shaxs xizmat vaqtida bo'lgan yo'l-patrul xizmati inspektori, kichik serjantni urib yuborgan. Inspektor olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Sud qarori
Ish voyaga yetmagan shaxs ishtirokida ko'rilgani sababli sud majlisi yopiq tartibda o'tkazilgan. Sud hukmiga ko'ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi — jabrlanuvchining vafotiga sabab bo'lgan darajada qasddan og'ir shikast yetkazish bo'yicha aybdor deb topilgan.
- Jazo Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida tayinlangan — 2 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish;
- Jazoni o'tash muddati sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan 2026-yil 27-fevraldan boshlab hisoblanadi;
- Sud majlisida taraflarga hukm mazmuni, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undirish bo'yicha fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi, shuningdek hukm ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi tushuntirilgan.
Bolalar transport vositalarini boshqarganida javobgarlik qanday belgilanishi haqida bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik haqidagi maqolamizda yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring