Bitiruvchilar sifati indeksi doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar kesimida ham tahlil qilindi. Natijalar qizlar va yigitlar uchun turlicha manzarani ko'rsatdi: qizlarning bandlik darajasi yuqori, o'rtacha ish haqi bo'yicha esa yigitlar oldinda.
Bu haqda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi ma'lum qildi, tahlil Bitiruvchilar sifati indeksi platformasida e'lon qilingan.
Bandlik va ishga joylashish
Reklama
| Ko'rsatkich | Qizlar | Yigitlar |
|---|---|---|
| Bandlik darajasi | 85,1% | 80,4% |
| Ishga joylashish muddati | o'rtacha 2 oy | o'rtacha 3 oy |
| O'rtacha ish haqi | 3,9 mln so'm | 6 mln so'm |
Ya'ni qizlar ishni tezroq topmoqda, biroq o'rtacha ish haqi ko'rsatkichida yigitlar sezilarli oldinda — farq 2,1 mln so'mni tashkil etadi.
Sohalar kesimidagi yetakchilar
Mehnat bozorida eng yuqori natija qayd etilgan beshta soha jinslar bo'yicha quyidagicha:
- Qizlarda — transport xizmatlari;
- Matematika va statistika;
- Ta'lim;
- Biznes va boshqaruv;
- Gumanitar fanlar.
- Yigitlarda — biznes va boshqaruv;
- Sog'liqni saqlash;
- San'at;
- Matematika va statistika;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Ikki jins uchun ham biznes va boshqaruv hamda matematika va statistika yo'nalishlari qulay natija bergan.
Indeks ko'rsatkichlarining shakllanishi
Joriy hisobot davri uchun indeksning umumiy ko'rsatkichi 100 balldan 53,4 ballni tashkil etdi. Tahlilga 119 ta ishtirokchi oliygoh va 51 ta reytingdan tashqari oliygoh kiritilgan, hisobga olingan bitiruvchilar soni — 249 432 nafar. Bandlik, daromad, ishga joylashish tezligi va barqaror bandlik ko'rsatkichlari HEMIS ma'lumotlari asosida hisoblanadi.
Hisobot yilida 200 nafardan kam bitiruvchisi bo'lgan oliy ta'lim tashkilotlari yakuniy reytingda ishtirok etmaydi, ijodiy va sport toifasidagi oliygohlar bundan mustasno. Harbiy xizmatni o'tayotganlar, vafot etganlar hamda xorijiy fuqaro bo'lgan bitiruvchilar hisobga kiritilmagan. bitiruvchilarning o'rtacha maoshi 4,9 mln so'mga yetgani haqida ham yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring