Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog'istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda hududda bandlik va ta'lim qamrovini oshirish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Xususiy bog'chalar uchun kredit shartlari
Qoraqalpog'istonda xususiy bog'cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi. Boshqa viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab 7 foizdan 15 foizgacha bo'ladi.
Reklama
Yig'ilishda hududda maktabgacha ta'lim qamrovi 84 foizga yetgani, biroq Amudaryo, Bo'zatov, Taxiatosh, To'rtko'l, Chimboy, Xo'jayli va Ellikqal'ada bu ko'rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.
IT va logistika sohasidagi bandlik vazifasi
Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta'minlash vazifasi qo'yildi.
Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo'yicha 127 ming, aniq fanlar bo'yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.
Vatandoshlar ishtirokidagi loyihalar
Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o'rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo'llab-quvvatlandi. Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog'istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.
Xususiy bog'chalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha avvalroq mahalla raislarining xususiy bog'cha va maktablarga yer ajratishi haqida ham xabar bergan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring