Attestatsiyaga faqat ta’lim tashkilotida ishlab turgan pedagoglar jalb etiladi

Vaqtincha ishsiz qolgan yoki ish bilan tahsilni birga olib borayotgan pedagoglar attestatsiyaga jalb etilmaydi. Talablar va tartib haqida ma’lumot.

Attestatsiyaga faqat ta’lim tashkilotida ishlab turgan pedagoglar jalb etiladi

Malaqa toifasi olish uchun o'tkaziladigan attestatsiyada qatnashish uchun pedagog ta'lim tashkilotida asosiy yoki o'rindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan bo'lishi shart. Vaqtincha ishsiz qolgan yoki ish bilan tahsilni birga olib borayotgan pedagoglar attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Bu talab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini belgilovchi Nizomning 1-bandida ko'rsatilgan: hujjat davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasi tartibini belgilaydi.

Ishsiz qolgan pedagogning holati

Reklama

Yo'q. Masalan, avval bir shahardagi maktabda ishlab, keyin ishdan bo'shagan va boshqa hududga ko'chib, ish topa olmagan pedagog o'zi ishlagan maktab nomidan kuzgi attestatsiyada qatnasha olmaydi — u hozirda hech bir ta'lim tashkiloti hisobida emas.

Sabablardan biri shuki, toifa to'g'risidagi sertifikatlarda pedagogning ish joyi ko'rsatilishi shart etib belgilangan.

Yosh mutaxassislar va magistrlar uchun tartib

  • Oliy ta'lim tashkilotlarini 2025-yilda tamomlagan yosh mutaxassislar avval ishga joylashib, so'ngra navbatdan tashqari tartibda murojaat yuborishi kerak;
  • Magistr darajasiga ega pedagoglar ham avval ta'lim tashkilotiga ishga joylashadi, so'ngra attestatsiyadan o'tmasdan ikkinchi toifa olish uchun murojaat yuboradi;
  • Ham ishlab, ham tahsil olayotgan talaba-pedagoglar attestatsiyada qatnasha olmaydi.

Attestatsiyaga hujjat topshirish tartibi haqida kuzgi attestatsiya uchun ro'yxatdan o'tish 1-oktabrgacha davom etishi haqidagi maqolamizda ham yozgan edik.

Yo'q. Attestatsiyada qatnashish uchun pedagog ta'lim tashkilotida asosiy yoki o'rindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan bo'lishi kerak.
Avval ta'lim tashkilotiga ishga joylashishi, so'ngra belgilangan tartibda attestatsiyada qatnashish uchun murojaat yuborishi kerak. Aks holda o'zi avval ishlagan maktab nomidan qatnasha olmaydi.
Avval ta'lim tashkilotiga ishga joylashadi, so'ngra attestatsiyadan o'tmasdan turib ikkinchi toifa olish uchun murojaat yuboradi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar