Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish tartibi tasdiqlandi. Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son qarori bilan “Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatini berish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish”ning ma'muriy reglamenti belgilandi. Sertifikat 5 yil amal qiladi.
Sertifikatni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi beradi. Talabgor sertifikat olish uchun vakolatli organning kamida 36 akademik soatlik o'quv kurslarida malaka oshirishi va nazorat sinovida kamida 70 ball to'plashi kerak.
Toifalar staj va ma'lumotga qarab beriladi
Reklama
| Malaka sertifikati | Maxsus ish staji | Ma'lumot talabi |
|---|---|---|
| III toifa | 1 yil | Oliy ma'lumot |
| II toifa | 2 yil | Tor doiradagi oliy ma'lumot |
| I toifa | 3 yil | Tor doiradagi oliy ma'lumot |
Ya'ni sertifikat darajasi xodimning sohadagi stajiga bog'liq: ish tajribasi oshgani sari yuqori toifa olish imkoniyati paydo bo'ladi. Yuqori toifalar uchun esa tor doiradagi oliy ma'lumotga ega bo'lish talab qilinadi.
Nazorat sinovi tartibi
Nazorat sinovi, qoida tariqasida, har chorakda bir marta o'tkaziladi. Talabgorlar test va keys tahlili bo'yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi, 70 va undan yuqori ball to'plaganlar sinovdan o'tgan hisoblanadi. Malaka sertifikatini olish uchun avval malaka oshirish kursini tamomlash shart.
Ta'lim sohasida ham malaka toifasi bo'yicha shunga o'xshash tartib amal qiladi: pedagoglar uchun zarur ballar alohida hujjat bilan tasdiqlangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.