Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni o‘tkaziladigan joylar e‘lon qilindi. Sinovning yozma qismi 24-avgust kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 25-avgustdan 4-sentabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi, deya ma‘lum qildi Bilimni baholash agentligi.
Imtihon qayerda o‘tadi?
Imtihonlar agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida o‘tkaziladi. Quyidagi jadvalda har bir hudud uchun aniq manzil, mo‘ljal va geolokatsiya (xarita) havolasi keltirilgan.
Reklama
| Hudud | Aniq manzil | Mo‘ljal | Xarita |
|---|---|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus shahri, Janabazar MFY, “Nukus To‘rtk‘ol” avtomagistrali shossesi, 53/2-uy. | Janubiy avtovokzal. | Geolokatsiya |
| Andijon viloyati | Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-“A” uy. | Andijon davlat universiteti yonida. | Geolokatsiya |
| Namangan viloyati | Namangan shahri, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, “Tadbirkor” MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy. | 16 qavatli uy yonida. | Geolokatsiya |
| Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahri, “Ilg‘or” MFY, Farovon turmush ko‘chasi, 422/3-uy (“Eko shahar”). | - | Geolokatsiya |
| Buxoro viloyati | Buxoro tumani, “Bog‘idasht” MFY. | Buxoro shahri, 7-kichik tuman, 43-maktab orqa tomoni. | Geolokatsiya |
| Xorazm viloyati | Urganch tumani, Yuqori Do‘rman, “Yuqoriovul” MFY, O‘zbekiston shohko‘chasi, 2/2-uy. | Urganch tumani, 48-maktab yonida. | Geolokatsiya |
| Surxondaryo viloyati | Termiz shahri, “Tinchlik” mahallasi, Shodiyona ko‘chasi, 1A-uy. | Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni. | Geolokatsiya |
| Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri, “Buyuk Turon” MFY, Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi, 10-v-uyi. | Qarshi xalqaro aeroport yo‘li, “Smart” televizor zavodi yonida. | Geolokatsiya |
| Jizzax viloyati | Sh.Rashidov tumani, “Oqtosh ota” MFY, “Yangi O‘zbekiston” massivi. | M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurilgan uylar yonida. | Geolokatsiya |
| Navoiy viloyati | Navoiy shahri, “Yoshlik” MFY hududi. | Yangi bozordan Narpay markaziga qarab, metan gaz quyish shahobchasi yonida. | Geolokatsiya |
| Samarqand viloyati | Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, “Kamolot” MFY, Irteshar ges ko‘chasi, 5-A uy. Tel: +998 90 991 65 29. | Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yaqini. Samarqand shahar 3-son texnikumi. | Geolokatsiya |
| Sirdaryo viloyati | Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi. | - | Geolokatsiya |
| Toshkent viloyati | Nurafshon shahri, Nurafshon sity hududi, “Yangiobod” (DOM) MFY, Yangiobod ko‘chasi, 35-uy. | Toshkent viloyat prokuraturasi binosining orqa tomoni. | Geolokatsiya |
| Toshkent shahri — yozma qism | Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan). Chilonzor tumani, I.Karimov ko‘chasi, 49-uy. | - | Geolokatsiya |
| Toshkent shahri — gapirish imtihoni | Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi). Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. | - | Geolokatsiya |
Ruxsatnoma va qoidalar
Talabgorlar qachon va qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan bilib, ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish talab qilinadi. Binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.
Avvalroq chet tilini bilish darajasi bo+‘yicha malaka imtihonlari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.