Jarqo’rg’onda pedagoglarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish o’rganilmoqda

Surxondaryoda pedagoglar obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani haqidagi video yuzasidan mehnat inspeksiyasi va viloyat boshqarmasi munosabat bildirdi.

Jarqo’rg’onda pedagoglarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish o’rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi 56-maktab pedagog xodimlarining obodonlashtirish va ta'mirlash ishlariga jalb etilayotgani haqidagi video tarqaldi. Xabarlarga Davlat mehnat inspeksiyasi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Mehnat inspeksiyasi: holat nazoratga olindi

Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnatning har qanday ko'rinishiga murosasiz munosabatda bo'ladi. O'rganish natijalari yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi

Reklama

Inspeksiya ma'lumotiga ko'ra, xabarda keltirilgan holatlarning haqqoniyligini aniqlash va pedagog xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilganligini o'rganish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda. O'rganish yakunlari bo'yicha holatga huquqiy baho beriladi, qonunbuzilish holatlari aniqlansa — aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta'sir choralari qo'llaniladi.

Inspeksiya xabarida o'qituvchilar obodonlashtirish, ko'cha tozalash, yo'l bo'yidagi obyektlarni ta'mirlash va oqlash ishlariga jalb etilgani qayd etilgan.

Viloyat boshqarmasi: mas'ullarga intizomiy chora taklif qilindi

Viloyat boshqarmasining aniqlashicha, Jarqo'rg'on tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i tomonidan tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari 42-maktabga chaqirtirilgan. O'qituvchi va direktorlarni ish vaqtida sababsiz yig'ilishga jalb qilganlik uchun tuman bo'limi mas'ullariga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy chora ko'rish bo'yicha taklif kiritilgan.

Ayni paytda berilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyati hamda ularni bajarish jarayonida xodimlarga nisbatan majburlash yoki bosim o'tkazilgani bo'yicha viloyat boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'qituvchilarni mazkur ishlarga majburiy jalb qilish bo'yicha topshiriq berilmaganini ma'lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati MMTB

Qonunchilik talabi

Qonunchilikka ko'ra, pedagogni kasbiy faoliyatiga aloqador bo'lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangani va majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun 150 BHMgacha jarima qo'llaniladi. Avvalroq Navoiy shahridagi maktabda xodimlarni ta'mirlash ishlariga majburlash holati aniqlanib, mas'ul shaxsga ma'muriy jarima qo'llanilgan edi.

Davlat mehnat inspeksiyasi holatni nazoratga olib, xabarlar haqqoniyligi va pedagog xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilganini o'rganmoqda. Viloyat boshqarmasi esa tuman bo'limi mas'ullariga nisbatan intizomiy chora ko'rish bo'yicha taklif kiritgan.
Yo'q. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'qituvchilarni mazkur ishlarga majburiy jalb qilish bo'yicha topshiriq berilmaganini ma'lum qildi.
Ha. Qonunchilikka ko'ra, o'qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun BHMning 150 baravarigacha jarima qo'llaniladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

Hozircha izohlar yo‘q.

Birinchi bo‘lib izoh qoldiring

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar