19-sentabr kuni Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog'istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda bir yil ichida 1 ming yoshni, kelgusi ikki yilda esa yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta'minlash vazifasi qo'yildi.
Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Hududdagi yoshlar salohiyati
Reklama
- Qoraqalpog'istonda 1 million 100 ming yosh bor, shundan 505 ming nafari 14–30 yoshdagi yoshlardir;
- Xorijiy til sertifikatiga ega — 98 ming yosh;
- Axborot texnologiyalari bo'yicha sertifikatga ega — 127 ming yosh;
- Aniq fanlar bo'yicha sertifikatga ega — 5,5 ming yosh;
- Chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladiganlar — 10 ming yosh.
Yig'ilishda bu katta kuch ekani va yoshlarga to'g'ri yo'nalish berish muhimligi ta'kidlandi.
Vatandoshlarni jalb qilish tashabbusi
Koreyada yashayotgan vatandoshning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o'rgatish va ularni yuqori daromadli ish bilan ta'minlash tashabbusi qo'llab-quvvatlandi. Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog'istonga jalb etib, tegishli loyihalarni boshlash topshirildi.
Shu tashrif doirasida Qoraqalpog'istonda xususiy bog'chalar uchun 15 yillik kredit joriy etilishi haqida ham ma'lum qilingan edi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring