O'zbekistonda ilk bor "Yosh fermerlar chempionati"ga start berildi. Joriy yilning avgust-oktabr oylarida respublika bo'ylab qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar o'rtasida yirik chempionat o'tkaziladi.
Nomzodlar qaysi nominatsiyalar bo'yicha bellashadi?
Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi:
- Yilning yosh agro innovatori
- Yilning agro startap loyihasi
- Yilning agro brendi
- Yilning yosh eksport chempioni
- Yilning yosh kooperatsiya ustasi
- Yilning yosh dehqoni
- Yilning yosh bog'boni
- Yilning yosh chorvadori
- Yilning yosh issiqxonachisi
- Yilning yosh ayol fermeri
- Yilning oilaviy fermer xo'jaligi
- Yilning yosh agro blogeri
G'oliblar qanday mukofotlanadi?
Har bir nominatsiya bo'yicha g'oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
- 1-o'rin — 50 million so'm;
- 2-o'rin — 30 million so'm;
- 3-o'rin — 20 million so'm.
Arizalar 31-avgustgacha yoshfermer.uz sayti orqali qabul qilinadi. Avvalroq agrar sohadagi imkoniyatlar haqida yozgan edik. InfoEdu.uz yoshlar uchun tanlov va imkoniyatlar bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.
Chempionat joriy yilning avgust-oktabr oylarida respublika bo'ylab qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi. Har bir nominatsiyada 1-o'rin 50 million, 2-o'rin 30 million, 3-o'rin 20 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Arizalar 31-avgustgacha yoshfermer.uz sayti orqali qabul qilinadi.
















