Illustrators of the Future tanlovida bosh sovrin 5 000 dollar

Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi The Illustrators of the Future’ga arizalar qabul qilinmoqda. Har chorakda 3 nafar g’olibga 500 dollar, yil yakunida asosiy sovrin 5 000 dollar.

Illustrators of the Future tanlovida bosh sovrin 5 000 dollar

Ilmiy fantastika va fantastika janrlariga yaqinda kirib kelgan, havaskor ijodkor-rassomlar uchun tajriba orttirish, asarlarini professional ijodkorlarga namoyish etish va omma oldida tanilish imkoniyatini beruvchi The Illustrators of the Future illustratsiyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlovda ishtirokchi o'z tasavvuridan kelib chiqib yaratgan fantastik yoki ilmiy-fantastik illustratsiyalar bilan ishtirok etishi mumkin. Tanlov yiliga 4 marta — har chorakda o'tkaziladi va ishtirok etish bepul.

Mukofotlar qanday taqsimlanadi?

Reklama

Har bir chorakdagi tanlovda 3 nafar g'olib aniqlanadi va ularning har biri 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Yil yakunida barcha choraklarda g'olib bo'lgan ishtirokchilar asosiy sovrin uchun nomzodlikka qo'yiladi va g'olib ijodkorga 5 000 AQSh dollari topshiriladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • tanlovda istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin;
  • nomzodlar ingliz tilida yozma muloqot qila olishi kerak;
  • tanlovga havaskor ijodkorlar qabul qilinadi — professional tarzda va haq evaziga ko'p asar chop ettirmaganlar;
  • har bir ishtirokchi fantastika va/yoki ilmiy fantastika janrida yaratilgan 3 tadan illustratsiya taqdim etishi zarur, mavzular bir-birini takrorlamasligi kerak.

Joriy qabulga arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Ishlarni onlayn tarzda topshirish yoki pochta orqali yuborish mumkin.

Ma'lumot grantlar.uz saytidan olindi. Avvalroq Writers of the Future Contest haqida yozgan edik. InfoEdu.uz ijodiy tanlovlar va grantlar bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.

Har chorakda 3 nafar g'olibga 500 AQSh dollaridan beriladi. Yil yakunida esa barcha chorak g'oliblari asosiy sovrin uchun bellashadi — g'olib 5 000 AQSh dollari oladi.
Istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin. Nomzod ingliz tilida muloqot qila olishi va havaskor ijodkor bo'lishi kerak. Har bir ishtirokchi 3 ta fantastik yoki ilmiy-fantastik illustratsiya taqdim etadi.
Joriy qabulga arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Ishlarni onlayn topshirish yoki pochta orqali yuborish mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar