Global Media tanlovi 2022: Ishtirok eting va pul mukofotlarini qo‘lga kiriting
2022-yilgi Global Media tanlovi (The 2022 Global Media Competition - GMC) o‘zining navbatdagi qiziqarli mavzusini e’lon qildi. Bu yilgi tanlov “Niqobdagi falokat: tamaki kompaniyalarining atrof-muhitga zarari” (Disaster in disguise: Tobacco Companies’ Environmental Harms) deb nomlanadi.
Tanlov shartlari va sovrin jamg‘armasi
Ishtirokchilar o‘z materiallarini quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etishlari mumkin:
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun grafiklar: 1-o‘rin – 2000$, 2-o‘rin – 1000$, 3-o‘rin – 500$, onlayn tanlov g‘olibi – 500$.
- Qisqa videoroliklar: 1-o‘rin – 4000$, 2-o‘rin – 2000$, 3-o‘rin – 1000$, onlayn tanlov g‘olibi – 500$.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. 18 yoshdan kichik bo‘lgan ishtirokchilar ota-ona yoki vasiy tomonidan imzolangan rozilik blankasini [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari shart.
Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak?
G‘oliblar 2022-yil iyun oyida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirishingiz kerak. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil, 11-may.
Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy saytga tashrif buyuring.
Ta’lim va ilm-fan sohasidagi boshqa yangiliklar hamda abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar bilan infoedu.uz saytida tanishib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.