“Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi: Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling
Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan an’anaviy «Urush xotiralarida» nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga hurmat bajo keltirish, ularning jasoratini abadiylashtirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlov yo‘nalishlari va ishtirokchilar
Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida tashkil etiladi:
- Rangtasvir
- Grafika
- Haykaltaroshlik
- Xalq amaliy san’ati
- Bayon
- Insho
- Esse
- Hikoyalar
Tanlovda talabalar, ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari o‘quvchilari, san’at maktablari o‘qituvchilari, ijodiy uyushmalar a’zolari hamda abituriyentlar kabi keng qatlam vakillari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari va topshirish tartibi
Tanlov har yili «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tanlov boshlanishidan 30 kun oldin o‘z rezyumesi, pasport nusxasi, o‘qish yoki ish joyidan tavsifnoma va ijodiy ishlarini taqdim etishlari lozim.
Ko‘ngillilarning materiallari asosida «Xotiralardan o‘rin olgan tarix» kitobi yaratilishi rejalashtirilgan. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Bog‘lanish uchun manzil
Manzil: 100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
Telefonlar: +998 97 744 21 77, +998 99 860-18-87, +998 94 296 74 71
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.