PISA 2025 tadqiqotida O'zbekistondan xalqaro tashkilot tasodifiy tanlab olgan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o'quvchisi ishtirok etdi. Ushbu tanlanma mamlakatdagi qariyb 558 ming nafar 15 yoshli o'quvchini ifodalaydi. OECDning O'zbekiston bo'yicha ma'lumotnomasiga ko'ra, o'quvchilarning 65 foizi tabiiy fanlar bo'yicha kamida 2-darajaga erishgan.
Daraja ko'rsatkichlari
| Ko'rsatkich | O'zbekiston | OECD o'rtachasi |
|---|---|---|
| Kamida 2-darajaga erishgan o'quvchilar | 65 foiz | 74 foiz |
| 5-6-darajaga erishgan o'quvchilar | 1 foiz | 7 foiz |
Reklama
Yetakchi ta'lim tizimlarida bu ko'rsatkich ancha yuqori: Xitoyning PISAda qatnashgan hududlari, Makao, Singapur, Estoniya, Yaponiya, Xitoy Taypeyi va Koreyada o'quvchilarning 85 foizdan ortig'i tabiiy fanlar bo'yicha kamida 2-darajaga erishgan.
2-darajaning mazmuni
PISA mezonlariga ko'ra, 2-darajaga erishgan o'quvchi tanish ilmiy hodisalarga berilgan izohlar orasidan to'g'risini aniqlay oladi. Shuningdek, sodda holatlarda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, xulosaning to'g'ri yoki noto'g'riligini baholay oladi.
Yuqori darajadagi o'quvchilar ulushi
Tabiiy fanlar bo'yicha eng yuqori — 5 yoki 6-darajaga erishgan o'quvchilar ulushi O'zbekistonda 1 foizni tashkil etgan, OECD mamlakatlarida esa bu ko'rsatkich o'rtacha 7 foiz. Ushbu darajadagi o'quvchilar o'z bilimlarini yangi va notanish vaziyatlarda mustaqil hamda ijodiy qo'llay oladi.
O'zbekistonning PISA 2025dagi umumiy natijalari — tabiiy fanlardan 438 ball va 91 ta tizim orasida 48-o'rin — alohida maqolada tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida o'quvchilarning darsda raqamli qurilmalarga chalg'ishi bo'yicha ko'rsatkichlar ham o'rganildi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.