10-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi. Bu haqda Ekologiya milliy qo'mitasi xabar berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi "Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan 'Toza havo' umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida "Avtomobilsiz kun" hamda "Avtomobilsiz hafta" aksiyalari o'tkazib kelinmoqda.
Aksiya nima uchun o'tkaziladi?
Reklama
Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan havoga chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish va bu orqali ekologik barqaror muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ'ib qilish ham maqsad qilingan.
Qanday natijalarga erishildi?
"Avtomobilsiz kun" va "Avtomobilsiz hafta" aksiyalari doirasida Ekologiya milliy qo'mitasi hamda hududiy bosh boshqarmalar xodimlari xizmat va shaxsiy avtomobillaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi vositalardan foydalanishmoqda.
Aksiya boshlanganidan beri qo'mita va hududiy bosh boshqarmalar xodimlarining 1730 dan ortiq xizmat hamda shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishi cheklandi. Atmosferaga zararli tashlamalar miqdori o'rtacha 17 370 kgga qisqartirildi, shahar ichidagi tirbandliklar ham kamaydi.
Diqqat: aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanish javobgarlikka sabab bo'ladi.
Ekologiya milliy qo'mitasi barcha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolarni aksiyalarda faol qatnashishga, atmosferaga zararli tashlamalar chiqarmaydigan "yashil" transport vositalari, elektromobillar va jamoat transportidan ko'proq foydalanishga chaqiradi. Avvalroq O'zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.




![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)












Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.