11-avgust kuni 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 doirasidagi dastlabki sinov kuni bo'lib o'tdi. Ishtirokchilarga o'z bilim va mahoratini namoyish etish uchun 5 soat vaqt berildi.
Musobaqa sinovlari 2 kun davomida tashkil etilib, ikkinchi kun sinovlari 13-avgust kuni bo'lib o'tadi.
Birinchi kun yakunlariga ko'ra yetakchilar
Reklama
Birinchi kun sinovlari yakunlanganidan so'ng dastlabki reytingda quyidagi ishtirokchilar yetakchilik qilmoqda:
- Shenghao Zhao (Xitoy) — 300 ball;
- Yuya Hirasawa (Yaponiya) — 271 ball;
- Juntao Zhou (Avstraliya) — 248 ball;
- Yuxiang He (Xitoy) — 247 ball;
- Jonathan He (AQSh) — 246 ball;
- Vladislav Zhiganov (IOI bayrog'i ostida) — 241 ball;
- Qiwen Xu (Xitoy) — 234 ball;
- Po-Ting Li (Tayvan) — 228 ball;
- Maxim Tsoy (Qozog'iston) — 226 ball;
- Adam Xu (Malayziya) — 224,6 ball.
Reyting ikkala kun sinovlari yakunlangach to'liq shakllanadi va medallar ballar chegarasiga ko'ra belgilanadi. Natijalarni onlayn tarzda IOI 2026 natijalar reytingi sahifasi orqali kuzatib borish mumkin.
Yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechish orqali mantiqiy fikrlash, dasturlash ko'nikmalari va muammolarga yechim topish qobiliyatini namoyish etmoqda. O'zbekiston terma jamoasi ham olimpiadada ishtirok etmoqda.
Avvalroq IOI 2026 olimpiadasi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz xalqaro olimpiadalar bo'yicha yangiliklarni yoritishda davom etadi.




![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)












Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.