Toshkent shahar avtobuslarida yo'lovchi tashish bo'yicha rekord natija qayd etildi. 2026-yil 15-sentabr kuni poytaxt jamoat transporti (avtobus) xizmatlaridan 1 520 113 nafar yo'lovchi foydalandi.
Bu haqda Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Kunlik rekord ko'rsatkich
Reklama
Bir kunda xizmatdan foydalangan yo'lovchilar soni avvalgi kunlik ko'rsatkichlardan yuqori bo'ldi. Boshqarma xabarida yo'lovchilarga minnatdorlik bildirilgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, jamoat transportini tanlash yo'llardagi tirbandlikni kamaytirish, ekologiyaga hissa qo'shish va vaqtni tejash imkonini beradi.
Boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, poytaxt jamoat transporti kuniga qariyb 2,5 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. So'nggi yillarda poytaxtda avtobuslar soni 1 900 taga yaqinlashdi, o'rtacha qatnov oralig'i esa 30 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqartirildi.
Metroda ham rekord yangilandi
Bir kun avval, 14-sentabr kuni Toshkent metropolitenidan 1 165 550 nafar yo'lovchi foydalanib, kunlik tashuvlar bo'yicha rekord o'rnatilgandi. Metro ma'lumotiga ko'ra, yo'lovchi oqimining o'sishi oliy ta'lim muassasalarida yangi o'quv yili boshlanishi bilan bog'liq. Bu haqda avvalroq yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring