Samarqandda o'tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ilk kunida O'zbekistonning barcha 6 jamoasi g'alaba qozondi. Erkaklar bahsida O'zbekiston-1 terma jamoasi Yamayka ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminov dona surdi. Javohir Sindarovga bu turda dam berildi.
Erkaklar bahsining natijalari
Reklama
O'zbekistonning ikkinchi va uchinchi jamoalari ham maydondan g'alaba bilan chiqdi: O'zbekiston-2 Afg'onistonni 3:1, O'zbekiston-3 esa Mali ustidan 3,5:0,5 hisobida g'alaba qozondi.
Qizlar jamoalari ham zafar quchdi
Qizlar bahsida O'zbekistonning uchta jamoasi ham raqiblarini yutdi. O'zbekiston-1 Trinidad va Tobago bilan o'yinda 4:0, O'zbekiston-2 Togo bilan 3:1, O'zbekiston-3 Tanzaniya bilan 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
| Jamoa | Raqib | Hisob |
|---|---|---|
| O'zbekiston-1 (erkaklar) | Yamayka | 4:0 |
| O'zbekiston-2 (erkaklar) | Afg'oniston | 3:1 |
| O'zbekiston-3 (erkaklar) | Mali | 3,5:0,5 |
| O'zbekiston-1 (qizlar) | Trinidad va Tobago | 4:0 |
| O'zbekiston-2 (qizlar) | Togo | 3:1 |
| O'zbekiston-3 (qizlar) | Tanzaniya | 4:0 |

Favoritlar natijasi va sensatsiya
Asosiy favoritlar ilk turda muvaffaqiyatli o'ynadi: AQSh Iroqni 3,5:0,5, Hindiston Tailandni 3:1, Xitoy esa Ugandani 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Individual bahslarda turnir sensatsiya bilan boshlandi: Hindiston jamoasi yetakchisi Arjun Erigaysi o'zidan 400 reyting past, tailandlik xalqaro master unvoniga ega raqibiga mag'lub bo'ldi.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston musobaqa mezboni bo'lgani uchun qoidaga ko'ra 3 ta jamoa bilan qatnashish huquqiga ega. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining Samarqandda ochilishi haqida avvalroq yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring