O‘zbekiston IPhO 2026 da tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston terma jamoasi IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasida tarixda ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston IPhO 2026 da tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tkazilgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO 2026)da tarixiy natijaga erishdi. Mamlakatimiz vakillari ilk bor ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasida 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fan olimpiadalari bo‘yicha rasmiy kanal ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi yana bitta Honorable Mention (faxriy e'tirof) mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

Medal sohiblari

Reklama

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘quvchilar quyidagi natijalarni qayd etdi:

O‘quvchiTa'lim muassasasiNatija
Asilbek Jumanazarov"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab🥈 Kumush medal
Muhammad AbdumalikovMirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab🥈 Kumush medal
Elbek Uroqov"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab🥉 Bronza medal
Xasan KamolovQo‘qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab🥉 Bronza medal

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Javohir Aknazarov Honorable Mention nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

G‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?

Xushnudbek.uz Telegram kanalida eslatilishicha, xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari, ularning ustozlari va terma jamoa rahbarlari amaldagi tartib asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Kumush medal (2-o‘rin)

  • O‘quvchi — 618 million so‘m (BHMning 1 500 baravari);
  • O‘qituvchi — 103 million so‘m (250 baravar);
  • Terma jamoa rahbari — 10 million 300 ming so‘m (25 baravar).

Bronza medal (3-o‘rin)

  • O‘quvchi — 412 million so‘m (BHMning 1 000 baravari);
  • O‘qituvchi — 61 million 800 ming so‘m (150 baravar);
  • Terma jamoa rahbari — 6 million 180 ming so‘m (15 baravar).

InfoEdu.uz tahliliga ko‘ra, IPhO 2026 natijalari O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy yutuq bo‘lib, mamlakat vakillari ilk bor ushbu olimpiadada ikki kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) 2 ta kumush va 2 ta bronza medal, shuningdek, bitta Honorable Mention mukofotini qo‘lga kiritdi.
56-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO 2026) Kolumbiyada bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kumush medal sovrindori 618 million so‘m, bronza medal sovrindori esa 412 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ularning ustozlari va terma jamoa rahbarlari ham alohida rag‘batlantiriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar