Joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega maktablarda o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlar katta ekranlar orqali O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
208 ta tuman va shaharda maktablar belgilangan
Reklama
“Muxlislar maydoni” loyihasi mamlakatning 208 ta tuman va shahrida tashkil etiladi. Mazkur loyiha uchun belgilangan maktablar ro‘yxati bilan “Muxlislar maydoni” tashkil etiladigan maktablar jadvali orqali tanishish mumkin.
Ushbu maktablarda futbol uchrashuvlarini birgalikda tomosha qilish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichi o‘yinlari
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqichi uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
| Uchrashuv | Sana va vaqt |
|---|---|
| O‘zbekiston — Kolumbiya | 18-iyun, soat 7:00 |
| O‘zbekiston — Portugaliya | 23-iyun, soat 22:00 |
| O‘zbekiston — Kongo | 28-iyun, soat 4:30 |
Barcha yurtdoshlar tomosha qilishi mumkin
“Muxlislar maydoni” loyihasi faqat o‘quvchilar uchun emas, balki ota-onalar va barcha yurtdoshlar uchun ham ochiq bo‘ladi.
Maktablardagi katta ekranlar orqali terma jamoamiz o‘yinlarini jonli efirda kuzatish, futbolchilarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.