Jizzax viloyati G'allaorol tumanidagi 42-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yong'in sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'qligini ma'lum qildi.
Bugun, 17-iyul kuni soat 08:24 da Jizzax viloyati FVBga, G'allaorol tumani, Samarqand MFYda joylashgan maktabning tom qismi yonayotganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.
Yong'in qanday o'chirildi
Qutqaruv bo'linmalari yong'in joyiga tezkorlik bilan yetib borib, qisqa vaqt ichida o'chirishgan. Yong'indan maktabning 450 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Jabrlanganlar bormi
Yong'in oqibatida tan jarohati olganlar yo'q. Hozirda yong'inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.
Reklama













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.