Andijonda 1-sinf uchun 300 dollar pora talab qilgan xodim ushlandi

Andijon viloyati Asaka tumanida maktab xodimi 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib fuqarodan 300 dollar talab qildi. Pul olayotganda qo’lga olindi. Jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Andijonda 1-sinf uchun 300 dollar pora talab qilgan xodim ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida maktab xodimi fuqaroning farzandini 1-sinfga qabul qilishni va'da qilib, buning evaziga 300 AQSH dollari talab qildi.

Andijon viloyati IIB ma'lum qilishicha, mazkur shaxs Asaka tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktabida kadrlar bo'yicha menejer lavozimida ishlagan.

U o'z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning farzandini 1-sinfga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilgan va buning uchun pora talab qilgan.

Qanday ushlandi

Tezkor tadbir davomida mazkur shaxs talab qilingan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora berish) tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq Navoiy va Farg'onada ham shunga o'xshash holatlar fosh etilgandi.

Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.

Asaka tumanidagi maktabning kadrlar boyicha menejeri 1-sinfga qabul qilishni va'da qilib fuqarodan 300 AQSH dollari talab qilgan. Pulni olayotgan vaqtda qo'lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Bunday holatlar yuzasidan huquq-tartibot organlariga yoki korrupsiyaga qarshi kurashish idoralariga murojaat qilish lozim. Maktabga qabul qilish faqat qonuniy tartibda amalga oshiriladi.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar