Andijonda 134 ta oilaviy bog’cha ochiladi, qamrov 86 foizga yetdi

Andijon viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetdi, tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog’cha ochishga tayyor. Qanday sharoit yaratilmoqda?

•1 daqiqa mutolaa•48 marta ko'rildi
Andijonda 134 ta oilaviy bog’cha ochiladi, qamrov 86 foizga yetdi

Andijon viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetdi. Viloyatdagi tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyorligini bildirdi.

Bog‘chalar bo‘yicha topshiriq

Mas’ullarga o‘n kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirildi.

Ayollar bandligi uchun imkoniyatlar

Andijonda ishlash istagi bo‘lgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratadi. Ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.

Yig‘ilish haqida UzA xabar bergan.

86 foizga yetgan.
Tadbirkorlar 134 ta oilaviy bog‘chani ochishga tayyorligini bildirgan.
Alohida jamg‘armaga 20 million dollar ajratiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar