Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlar va Kun.uz kanalida tarqalgan Olmazor tumanidagi 201-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Boshqarma ma'lum qilishicha, Farg'onadagi shunga o'xshash holat bo'yicha ham mazkur holat bo'yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan va ayni paytda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Voqeaning barcha holatlariga xolisona baho berish hamda unga to'liq aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Toshkent shahar MMTB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshiruv yakunlanmasdan oldin tasdiqlanmagan yoki biryoqlama ma'lumotlarni tarqatmaslikni, pedagoglarning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan xulosalarni bildirmaslikni so'ramoqda.
Boshqarma holatni alohida nazoratga olgan bo'lib, xizmat tekshiruvi hamda surishtiruv natijalari yuzasidan qo'shimcha rasmiy axborot taqdim etilishi ma'lum qilindi.
InfoEdu.uz jurnalistlari ta'lim muassasalaridagi muhim voqealarni faqat rasmiy manbalarga asoslanib yoritadi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.