Kamida besh yil bir korxonada mehnat qilgan xodimlarning farzandlari uchun kontrakt to‘lovi qoplab beriladi. Bu haqda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Korxonalar uchun rag‘batlantirish
Ko‘p ish o‘rni yaratadigan sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar belgilandi: kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek ish joyiga olib kelish va olib ketish transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Reklama
Xodim farzandi uchun imtiyoz
Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandining oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.
Grantlar va moliyaviy yordam
Ish o‘rinlari soni 1 ming nafarga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Shu yo‘nalishda Andijon viloyatining o‘ziga 20 million dollar mablag‘ beriladi. Mutasaddilarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Yig‘ilish haqida UzA xabar bergan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring