2026/2027-o'quv yili uchun oliy ta'lim tashkilotlarida kontrakt to'lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar, shu kuni ham, uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Muddat kimlarga taalluqli
- Bakalavriat va magistraturaga o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga;
- O'qishi ko'chirilgan yoki ko'chirib tiklangan talabalarga;
- O'qishga qayta tiklangan talabalarga.
Reklama
To'lov miqdori
15-oktyabrga qadar bazaviy to'lov-kontrakt bo'yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi to'lanishi lozim. Tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt bo'yicha esa yillik qiymatning kamida 50 foizi to'lanadi.
Shartnoma va to'lov jarayonlari kontrakt.edu.uz orqali to'lov shartnomasini onlayn olish yo'lga qo'yilgan, super-kontrakt uchun belgilangan muddatlar haqida esa super-kontrakt to'lovi muddatlari haqidagi maqolamizda yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring