Toshkent viloyatida oliy ta'limga kirishda foydalaniladigan xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy tarzda olib berish bilan shug'ullangan guruh faoliyatiga chek qo'yildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda DXX kanali xabar berdi.
Tezkor tadbir natijalari
Reklama
DXX Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda guruh faoliyati aniqlangan. Ma'lum qilinishicha, guruh a'zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo'lgan, yana bir ishtirokchi Osiyodagi yetakchi davlatlardan biridagi oliy ta'lim muassasasining poytaxtimizdagi filialida tahsil olgan.
Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” tashkil qilgan. IT sohasiga ixtisoslashgan MCHJ mutaxassisi yashirin tarzda tizimga kirib, test savollarini ishlash imkoniyatini yaratgan. Shundan so'ng talabalar masofadan turib, SAT imtihonida qatnashayotgan talabgorlar o'rniga savollarni yechish bilan shug'ullangan.
Pul talab qilinishi va jinoyat ishi
Guruh a'zolaridan biri xalqaro SAT sertifikatini olmoqchi bo'lgan 5 nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming AQSH dollaridan talab qilgan. Ulardan birining pul mablag'i kriptohamyon orqali olingani ham aniqlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq xususiy OTMga o'qishga kirish firibgarligi fosh etilgani haqida ham xabar bergan edik.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring