SAT imtihoniga shaxsiy qurilma bilan kelish shart

SAT imtihoni qachon va qanday shaklda o‘tadi? Qurilmaga qanday talablar qo‘yilgan va Windows 11 qachondan talab etiladi — maqoladan bilib oling.

SAT imtihoniga shaxsiy qurilma bilan kelish shart

SAT imtihoni 22-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha hududiy bo‘limlarida tashkil etiladi. Imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.

Qurilmaga qanday talablar qo‘yilgan?

Qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan Bluebook rasmiy sahifasi orqali tanishish mumkin. Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.

Reklama

Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

Imtihon qayerda o‘tadi?

SAT imtihoni respublika bo‘yicha agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida o‘tkaziladi. Imtihon bo‘lib o‘tadigan hududlar ro‘yxati bilan ushbu manzillar ro‘yxati orqali tanishish mumkin. Barcha talabgorlar imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiriladi.

Avvalroq Digital SAT bo‘yicha ustama talabi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

22-avgust kuni agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.
Har bir ishtirokchi shaxsiy noutbuk yoki planshet bilan kelishi lozim. Bluebook dasturi Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi.
Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar