Maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga kirish test sinovlaridagi sifat ko'rsatkichlari o'tgan yilga nisbatan 11,6 ballga oshdi. Joriy yilda o'rtacha ball 92,5 ballga yetgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2022-yildagi 76,3 balldan doimiy o'sish bilan kelgan.
O'rtacha ballning besh yillik dinamikasi
| Yil | O'rtacha ball |
|---|---|
| 2022-yil | 76,3 |
| 2023-yil | 77,1 |
| 2024-yil | 78,0 |
| 2025-yil | 80,9 |
| 2026-yil | 92,5 |
Reklama
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'rtacha ball 2022-2025-yillarda sekin, lekin barqaror o'sgan. 2026-yilda esa sakrash yuz berdi — bir yilda 11,6 ballga o'sish bu ko'rsatkichdagi eng katta yillik o'sish hisoblanadi.



Hududlar kesimida o'rtacha ball
O'rtacha ball ko'rsatkichlari bo'yicha Navoiy viloyati 112,8 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda 110,8 ball bilan Buxoro viloyati turadi. Eng past ko'rsatkich esa 84,0 ball bilan Surxondaryo viloyatiga tegishli:
- Navoiy viloyati — 112,8 ball;
- Buxoro viloyati — 110,8 ball;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi — 94,8 ball;
- Farg'ona viloyati — 94,7 ball;
- Toshkent shahri — 94,0 ball;
- Xorazm viloyati — 93,0 ball;
- Namangan viloyati — 92,0 ball;
- Jizzax viloyati — 91,9 ball;
- Sirdaryo viloyati — 91,6 ball;
- Samarqand viloyati — 90,9 ball;
- Qashqadaryo viloyati — 89,4 ball;
- Toshkent viloyati — 88,0 ball;
- Andijon viloyati — 87,8 ball;
- Surxondaryo viloyati — 84,0 ball.
Davlat oliygohlariga kirish ko'rsatkichlari
Davlat oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so'nggi 3 yilda +3,5 foizga oshgan. Joriy yilda bu ko'rsatkich 27,4 foizni tashkil etadi (2022-yilda 22,3 foiz edi).
Oliy ta'lim muassasalariga kirish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Navoiy viloyatiga tegishli — 52,5 foiz. Keyingi o'rinlarda Buxoro (37,9 foiz) va Jizzax (35,9 foiz) viloyatlari turadi.
Eng yuqori ball olgan bitiruvchilar 8 barobar ko'paydi
Test sinovlarida eng yuqori 189 ball olgan maktab bitiruvchilari soni o'tgan yilga nisbatan 8 barobar oshgan. Joriy yilda 4 825 nafar bitiruvchi maksimal ballga erishgan (2024-yilda 101 nafar, 2025-yilda 619 nafar edi).
Bundan tashqari, 56,7 balldan past natija ko'rsatgan bitiruvchilar soni o'tgan yilga nisbatan 5 foizga (13 ming nafarga) kamaygan. Bu ham umumiy sifat ko'tarilganini tasdiqlaydi.
Joriy yilning asosiy raqamlari
- 454 833 nafar bitiruvchi maktabni tamomlagan (o'tgan yilga nisbatan +16 ming);
- 333 463 nafar (73 foiz) bitiruvchi test sinovlarida ishtirok etgan;
- 34 681 nafar joriy yil bitiruvchisi davlat grantiga tavsiya etilgan (o'tgan yilga nisbatan +4 800 nafar).
Hududlar kesimidagi oldingi tahlillar bilan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko'rsatkichlari maqolasida tanishishingiz mumkin. Maksimal ball tizimi haqida esa test imtihonlaridagi maksimal ball bo'yicha maqolada yozilgan. Batafsil xabar manbada ham keltirilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.