Tanlov my.uzbmb.uz orqali qilinadi
Abituriyent my.uzbmb.uz saytida uchta tanlovni ketma-ket amalga oshiradi:
Reklama
- Kasbiy ta'lim muassasasi (kollej yoki texnikum);
- Kasb va mutaxassislik;
- Ta'lim shakli.
Tanlov muddati yakunlanunga qadar abituriyent o'z tanlovini o'zgartirish imkoniyatiga ega. Ya'ni hujjat topshirish jarayoni tugashidan avval kasb, muassasa yoki ta'lim shaklini qayta ko'rib chiqsa bo'ladi.
Yakuniy natijalar e’lon muddati
Kasbiy ta'lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik haqidagi yakuniy natijalar tanlov to'liq yakunlangandan so'ng bir hafta muddatda e'lon qilinadi. Abituriyentlar o'z natijalarini shu davrda my.uzbmb.uz tizimi orqali bilib olishlari mumkin.
Oldingi yillarda ham kollej va texnikumlarga qabulning oxirgi kunlari alohida e'tibor talab qilgan. Xususan, bo'sh joylarga qabulning oxirgi kuni hamda yo'nalish tanlashning so'nggi kuni haqida batafsil yozgan edik. Hozirgi bosqichda esa aynan shu muddatga rioya qilish abituriyent uchun eng muhim vazifa.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.