Yurisprudensiya yo‘nalishida raqobat juda yuqori bo‘lgani uchun huquqshunoslik fanlari va chet tili blokida barcha kvotalar to‘liq yopilgan. Bu blokdan o‘rin ortiganlar uchun hozircha vakant o‘rin qolmagan.
Nima uchun kvota yo‘q?
Shaxsiy kabinetga kirganda “Kvota mavjud emas” degan yozuv chiqsa, demak, abituriyentning fanlar majmuasiga mos birorta ham vakant o‘rin yo‘q. Agar fan blokiga mos vakant o‘rin bo‘lsa, tizimda yo‘nalish tanlash avtomatik ochiladi.
Reklama
Kimlar ishtirok etadi?
Qo‘shimcha tanlovda quyidagilar ishtirok etoladi:
- kirish imtihonlarida ishtirok etib, 56,7 ball va undan yuqori to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar;
- ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta‘lim tashkiloti va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar.
Qancha o‘rin va qachon?

Shunga qaramay, bu yil 80 ta OTMda jami 31 823 ta vakant o‘rin qolgan. Fanlar majmuasi mos kelgan taqdirda 5 tagacha yo‘nalishni tanlash mumkin.
Tanlash 28-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.
Jarayon tugagandan so‘ng bir hafta ichida vakant o‘ringa tavsiya etilgan va etilmaganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qarab aniq bo‘ladi. Tavsiya etilganlar esa bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
Avvalroq vakant o‘rinlarga kirish imkoniyati haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta‘limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.