Kira olmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga kirishi mumkin

Mandat chiqdi, lekin kira olmadingizmi? Vakant o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarga kirish imkoniyati ochildi — qanday tartibda, kimlar ishtirok eta oladi, maqoladan bilib oling.

Kira olmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga kirishi mumkin

Mandat natijalari chiqdi — kimdir talaba bo‘ldi, kimdir esa kira olmadi. Kirmaganlar uchun ham imkoniyat bor: endi vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarga kirish mumkin. Bu imkoniyat Hukumat qarori bilan rasman tasdiqlandi.

Bu imkoniyat kimga beriladi?

Kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda qatnashishi mumkin. Ya’ni ballingiz minimal chegaradan past bo‘lmasa, hali hammasi yo‘qolgani yo‘q — o‘qishga kirish imkoniyati saqlanib qoladi.

Reklama

Eslatib o‘tamiz, vakant o‘rinlarga qabul — o‘tgan o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan tartib. Odatda vakant o‘rinlar mandat natijalari e‘lon qilinganidan bir hafta o‘tib e‘lon qilinadi, shuning uchun shu kunlarda e‘lon chiqishi kutiladi.

Tartib “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilangan — to‘liq matn 578-sonli qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar da mavjud.

Jarayon qanday ishlaydi?

Hammasi uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • imtihon natijalari e’lon qilingandan bir hafta o‘tib, siz topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro’yxatdan o‘tiladi;
  • abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi — ya’ni eng yuqori ball to‘plaganlar birinchi navbatda o‘rin egallaydi;
  • Bilimni baholash agentligi shakllantirgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.

Yana nima o‘zgardi?

Qarorning 74-bandiga ham o‘zgartirish kiritilgan. Avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi.

Avvalroq vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Natijalar e’lon qilingandan bir hafta o‘tib, mos fanlar majmuasi va ta’lim tili bo‘lgan yo‘nalishlarga bir hafta ro’yxatdan o‘tiladi. Ballar ketma-ketligiga rioya qilingan holda bazaviy to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Ayrim qarorlarni qabul qilish vakolati Davlat komissiyasidan oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Endi qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasida.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar