Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda ayrim milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, mazkur tartib quyidagi sertifikatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Milliy sertifikatlar
Reklama
Quyidagi milliy sertifikatlar uchun tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi:
- umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar;
- chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.
Qaysi xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi?
A Level sertifikati
Quyidagi fanlar bo‘yicha "A Level" sertifikatining "B" va undan yuqori darajasi qabul qilinadi:
- kimyo;
- matematika;
- biologiya;
- fizika.
Chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlar
B2 va undan yuqori darajadagi quyidagi xalqaro sertifikatlar ham inobatga olinadi:
| Til | Tan olinadigan sertifikatlar |
|---|---|
| Ingliz tili | IELTS (5.5+), TOEFL iBT (72+), Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP |
| Nemis tili | TestDaF, DSD, Goethe-Zertifikat |
| Fransuz tili | DELF/DALF, TCF (Test de Connaissance du Français) |
| Ispan tili | DELE, SIELE |
| Turk tili | TYS |
| Koreys tili | TOPIK II |
| Arab tili | AT Tanal Al Arabi |
| Xitoy tili | HSK |
Sertifikatlar qanday tekshiriladi?
Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi.
Xalqaro sertifikatlar esa o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi.
InfoEdu.uz o‘rganishicha, sertifikatlardan foydalanishni rejalashtirayotgan talabgorlar ariza topshirishdan oldin sertifikatning amal qilish muddati va belgilangan talablarga mosligini tekshirib chiqishi tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.