Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 14-sentabr kuni Toshkentdagi umumta'lim maktabi yaqinida o'quvchi bilan bog'liq yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy ma'lumotga ko'ra
Aniqlik kiritilishicha, o'quvchi darsdan so'ng uyiga qaytayotgan vaqtida svetoforning qizil ishorasida yo'lning belgilanmagan qismidan o'tishga harakat qilgan. Shu vaqtda “Spark” rusumli avtomashina bilan to'qnashuv sodir bo'lgan.
Reklama
Hodisa joyida o'quvchiga birinchi yordam ko'rsatilgan. Hozirgi vaqtda uning sog'lig'i yaxshi va u dars mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Maktablarda tushuntirish ishlari kuchaytiriladi
Mazkur holat yuzasidan maktab rahbariyati bilan suhbat o'tkazildi. O'quvchilarga yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini tushuntirish, xususan, svetofor ishoralariga rioya qilish hamda yo'lni faqat belgilangan joylardan kesib o'tish bo'yicha targ'ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq ijobiy holat — Jizzaxda 11-sinf o'quvchisi 3-sinf bolasini avtomobil urishidan qutqarib qolgani haqida ham xabar bergan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring