O‘qituvchilarni 20 foizlik ustama va’dasi bilan aldayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi. Samarqand viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi soxta onlayn kurs va sertifikat va’dasi orqali pul undirishga qaratilgan yangi sxema haqida ogohlantirmoqda.
Firibgarlik sxemasi qanday ishlaydi?
O‘qituvchilarga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilinib, “Kursda o‘qib, 20 foizlik ustamaga ega bo‘ling” degan taklif beriladi. Qo‘ng‘iroq davomida zudlik bilan plastik kartaga pul o‘tkazish so‘raladi. Pul o‘tkazilgach esa va’da qilingan sertifikatni olish ham, firibgarlar bilan qayta bog‘lanish ham imkonsiz bo‘lib qoladi.
Reklama
O‘zingizni qanday himoyalash mumkin?
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi o‘qituvchilarni bunday takliflarga ishonmaslikka chaqiradi. Eslatib o‘tamiz — sertifikatlar uchun to‘lovlar faqat OneID tizimi yoki banklar orqali amalga oshiriladi. Shu sababli notanish shaxslarning plastik kartalariga pul o‘tkazmaslik tavsiya etiladi.
Avvalroq soxta telegram botlarga aldanib qolmaslik haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.