O'qituvchi bajaradigan asosiy vazifalar qatorida dars o'tish, o'quvchilar bilan ishlash va jurnal to'ldirish bilan birga sinfdagi har bir o'quvchining daftarini tekshirish ham bor. Biroq o'quvchilar ishlarini yozma baholash hamma fanga xos emas — daftar tekshirganlik uchun qo'shimcha haq faqat ayrim fanlar bo'yicha to'lanadi.
Boshlang'ich sinflarda
- Alifbe;
- Ona tili;
- O'zbek tili;
- Rus tili;
- Matematika;
- 2–4-sinflarda chet tili (ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillar).
Reklama
Yuqori sinflarda
- Ona tili;
- Adabiyot;
- O'zbek tili;
- Rus tili va adabiyoti;
- Chet tili (ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillar);
- Matematika;
- Algebra va geometriya.
To'lov miqdori
Daftar tekshirganlik uchun qo'shimcha haq mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga (1 million 360 ming so'mga) nisbatan foiz hisobida to'lanadi: sinfda 15 nafargacha o'quvchi bo'lganda — 8,8 foiz (119 680 so'm), 15 nafar va undan ko'p o'quvchi bo'lganda — 17,6 foiz (239 360 so'm).
To'lov o'quvchilar ikki guruhga bo'lib o'qitiladigan fanlar bo'yicha ham qo'llanadi. Ustama o'qituvchining asosiy oylik maoshiga qo'shimcha tarzda hisoblanib, har oy to'lab boriladi va eng kam ish haqi oshishi bilan mutanosib ravishda oshib boradi.
sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun to'lovlar miqdori va daftar tekshirish va kabinet mudirligi uchun ustamalar haqida avvalroq yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring