Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1975-moddasida ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o'z xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish uchun javobgarlik belgilangan.
Moddaga ko'ra, aralashish ta'lim oluvchilarning bilimini to'g'ri va xolis baholashga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda sodir etilsa yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilinsa — jarima qo'llaniladi.
Jarima miqdorlari
Reklama
| Huquqbuzar | Jarima (BHMda) | Summada (BHM 440 ming so'm) |
|---|---|---|
| Fuqarolar | 7–10 baravar | 3 mln 80 ming — 4 mln 400 ming so'm |
| Mansabdor shaxslar | 10–15 baravar | 4 mln 400 ming — 6 mln 600 ming so'm |
Takroriy huquqbuzarlik
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, jazolar kuchayadi:
- Fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (6 mln 600 ming so'mgacha) jarima;
- Mansabdor shaxslarga — 15 baravaridan 20 baravarigacha (8 mln 800 ming so'mgacha) jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq.
Qayd etish joizki, 1975-moddaning nomi va birinchi qismi 2023-yil 27-martdagi O'RQ-826-son qonuni bilan yangi tahrirda bayon etilgan. Shunga o'xshash holatlar — pedagogni kasbiy faoliyatiga aloqador bo'lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangani va ishga qabul qilishni rad etish uchun javobgarlik haqida ham yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring