Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish taqiqlanadi. Bu qoida o'qish bilan ishni birga olib borayotgan talabalarga ham tegishli — qonun ish beruvchi uchun rad etishni asoslash va nizoni hal qilish tartibini belgilab qo'ygan.
Qonunga xilof rad etish holatlari
Mehnat kodeksining 119-moddasida quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish ekani belgilangan:
Reklama
- Mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
- Ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
- Ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik.
Rad etish sababi yozma asoslanishi shart
Ishga qabul qilish rad etilganda ish beruvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolangan rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko'ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishdan bosh tortish rad etish ustidan shikoyat qilishga monelik qilmaydi.
Mansabdor shaxslar uchun jarima miqdorlari
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 49-moddasida mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilangan. Ayrim holatlar uchun jarima yanada yuqori:
| Holat | Jarima (BHM) | So'mda (BHM 440 ming) |
|---|---|---|
| Mehnat qonunchiligi buzilganda | 5–10 baravar | 2,2–4,4 mln so'm |
| Bir yil ichida takroran | 10–15 baravar | 4,4–6,6 mln so'm |
| Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan | 10–20 baravar | 4,4–8,8 mln so'm |
Shikoyat qilish va sudga murojaat
Ishga qabul qilish o'ziga qonunga xilof ravishda rad etilgan deb hisoblagan shaxs belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan tegishli ishni taqdim etish, yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Nizolarni ko'rib chiqish chog'ida ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Talabaning o'qish davrida ishlash imkoniyatlari haqida talabaning ham o'qib, ham ishlashi haqidagi maqolamizda ham yozgan edik.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring